» » Los-Anjelesda “Oskar” mukofotlarini topshirish marosimi boshlandi

Los-Anjelesda “Oskar” mukofotlarini topshirish marosimi boshlandi


AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida Amerika kino san’ati akademiyasi mukofotlarini topshirish bo‘yicha 89-marosim boshlandi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Uni 49 yoshli taniqli qiziqchi Jimmi Kimmel olib bormoqda. Tadbir 13-marta 3,3 ming kishiga mo‘ljallangan Dolby teatrida o‘tkazilmoqda.

Mukofotlar 24 ta nominatsiya bo‘yicha topshiriladi. Amerikalik kinorejissor Demyen Shazellning “La-La Lend” filmi favorit bo‘lib hisoblanmoqda, u 14 ta yo‘nalish bo‘yicha “Oskar”ga da’vogarlik qilmoqda. Nominatsiyalar soni bo‘yicha kartina avvalgi rekordchi — Jeyms Kemeronning “Titanik” filmi bilan tenglashdi.

Ilk sovrindorlar e’lon qilinib bo‘ldi. “Oskar” mukofoti “Oy sho‘lasi” filmida o‘ynagan Maxershale Aliga “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” yo‘nalishida topshirildi. “Xudkushlar otryadi” filmi “Eng yaxshi grim va soch turmaklari” yo‘nalishida mukofotga sazovor bo‘ldi. “Fantastik maxluqlar va ular yashaydigan joy” kartinasi esa eng yaxshi liboslar uchun “Oskar”ni yutib oldi.

Eng yaxshi to‘liq metrajli hujjatli film deya Ezra Edelman suratga olgan “O.Jey: Amerikada qilingan” dramasi e’tirof etildi.

“Oskar” haykalchalariga Deni Vilnyovning “Yetib kelish” va Barri Jenkinsning “Oy sho‘lasi” filmlari sakkiztadan yo‘nalishda, Mel Gibsonning “Vijdon amri bilan”, Gart Devisning “Sher” va Kennet Lonerganning “Manchester” filmlari oltitadan yo‘nalishda da‘vogarlik qilmoqda.

Опубликовано: admin (27-02-2017, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют