» » Gollivud yulduzlari “Oskar” mukofotini topshirish marosimini repetitsiya qildi

Gollivud yulduzlari “Oskar” mukofotini topshirish marosimini repetitsiya qildi


25-fevral, shanba kuni Los-Anjelesdagi (Kaliforniya shtati) Dolby teatrida 89-“Oskar” kinomukofotini topshirish marosimining oxirgi repetitsiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

O‘nlab mashhurlar, jumladan, Skarlett Yoxansson, Xolli Berri, Semyuel L.Jekson va Dueyn Jonson zal sahnasida o‘zlarini sinab ko‘rdi. Marosimni komik Jimmi Kimmel olib boradi.

Dolby’dagi repetitsiya jarayonida qatnashgan jurnalistlar mashhurlarning aksariyati norasmiy kiyinganligiga e’tibor qaratdi. Marosimda qo‘shiq kuylashi kerak bo‘lgan qo‘shiqchilar ham repetitsiya jarayonida qatnashdi.

G‘oliblar ismlari solingan konvertlarni ochish va tomoshabinlar vaqtini chog‘ qilish vazifasini Leonardo Di Kaprio, Rayan Gosling, Mett Deymon, Xavyer Bardem va boshqalar bajaradi.

Marosim AQSh G‘arbiy sohili vaqti bo‘yicha 17:30 (Toshkent vaqti bilan 27-fevral kuni 06:30) da boshlanadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют