» » Miroboddagi Makro savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘in sodir bo‘ldi

Miroboddagi Makro savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘in sodir bo‘ldi


28-sentabr, soat 16:31 da Toshkent shahar IIBB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 83-uyda joylashgan Makro savdo-ko‘ngilochar markazining yerto‘lasida joylashgan Bowling klubida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Jangovar bo‘linmalar tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 17:20 da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida Bowling klubi uskunasining dvigateli va devor qoplamasi 15 kvadrat metr maydonda yongan.

Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Jabrlanganlar yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2018, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют