» » Andijonda 7-sinf o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi

Andijonda 7-sinf o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi


Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi 4-o‘rta maktab o‘quvchisining 26-sentabr kuni o‘z uyining og‘ilxonasida osilgan holatda topilganligi to‘g‘risida xabar paydo bo‘lib, katta bahs-munozaralarni keltirib chiqardi. Jurnalist Mirolim Isajonov mazkur noxush xabarga aniqlik kiritish maqsadida, jurnalistik surishtiruv olib bordi.

- Marhum 7-sinf o‘quvchisi bo‘lib, namunali xulqi bilan tengloshlaridan ajralib turardi. O‘sha kuni, ya’ni 26-sentabrda maktabga kelib, 6 soat dars mashg‘ulotlarida to‘liq o‘tirgan va faol qatnashgan. Tarixga qiziqqanligi tufayli shu fandan “5” baho olgan. Kayfiyati ham yaxshi edi. U biror marta ham izza qilinmagan. Sinfdoshlari bilan futbol o‘ynab, tushlikdan keyin soat 13:00 da uyiga ketgan. 16:00 chamasida shu voqea ro‘y berganligini eshitib, g‘alati bo‘lib ketdik, — deydi Oltinko‘l tumanidagi 4-o‘rta maktab direktori Oltinoy Halilova.

- Hududimizda 3100 ta aholi bo‘lib, shundan 1500 ga yaqinini yoshlar tashkil etadi, — deydi tumandagi Oftobachek MFY raisi Alisher Hojimatov. – Shu hududda tug‘ilib, o‘sganman. Mahalla hayotidan yaxshi xabardorman, faoliyatim ham bir necha yillik. Ochig‘i, uning o‘z joniga qasd qilgani to‘g‘risidagi shumxabar barchamizni hayratlantirdi. Ibratli oila farzandi edi. Biror narsaga muhtojligi yo‘q edi. Ota-bobolari ham yaxshi insonlar. U nima sababdan bu ishga qo‘l urganiga hayronmiz.

Voqea yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi bilan bog‘langanimizda, IIB navbatchisi ushbu holat bo‘yicha tuman prokuraturasi o‘z surishtiruvini boshlaganligini ta’kidladi. Tuman prokuraturasiga qo‘ng‘iroq qilib esa bog‘lanish imkoni bo‘lmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2018, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют