» » Yuqori Chirchiqda 4-sinf o‘quvchisi bo‘yni bilan daraxtga osilib qoldi

Yuqori Chirchiqda 4-sinf o‘quvchisi bo‘yni bilan daraxtga osilib qoldi


Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani IIBga 2018-yilning 10-yanvar kuni soat 15.55 da 4-sinf o‘quvchisining bo‘yin qismidan osilgani bo‘yicha xabar kelib tushadi, deb yozadi O‘zA.

Xabarga ko‘ra, Yuqori Chirchiq tumani Arganchi hududida joylashgan Usmonobod mahallasi, Ko‘hinur ko‘chasida yashovchi, 12-maktabning 4-sinf o‘quvchisi Barno Kamoliddin qizi Hasanova hovlisidagi gilos daraxtiga osilib qolgan.

Barnoning onasi Gulnoza Abdusalomovna Karimova uyi hovlisidagi gilos daraxtida bo‘yni bilan osilib turgan qizini ko‘rgan zahotiyoq uni qutqarib oladi.

Barno hovlida o‘ynab gilos daraxti ustiga chiqadi va undagi arqonni olish harakatida bo‘lib, ehtiyotsizlik oqibatida arqonga bo‘yni bilan osilib qoladi. Onasining harakati evaziga Barno shifoxonaga olib kelinadi va unga bu yerda “mexanik asfiksiya” tashxisi qo‘yiladi.

Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasi xabariga ko‘ra, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan Barnoga hozirda to‘liq tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют