» » La Liga.“Barselona” yana ochko yo‘qotdi, “Valensiya” 1-g‘alabasini qo‘lga kiritdi (video)

La Liga.“Barselona” yana ochko yo‘qotdi, “Valensiya” 1-g‘alabasini qo‘lga kiritdi (video)


Bugun, 29-sentabr sanasida Ispaniya La Ligasida 7-tur bellashuvlari davom ettirilmoqda.

Xususan, “Real Sosyedad” mehmoni bo‘lgan “Valensiya” Kevin Gameyroning 36-daqiqada kiritgan goli sabab o‘z hisobiga 3 ochko yozib qo‘ydi. Qayd etish kerak, bu “Valensiya”ning La Liga yangi mavsumidagi 1-g‘alabasi. Jamoa bungacha 5 o‘yinda durang o‘ynab, 1 bellashuvda mag‘lubiyatga uchragandi.

O‘tgan turda “Leganes”ga mag‘lub bo‘lgan “Barselona” bu safar o‘z uyida “Atletik B”ni qabul qildi. O‘yinda hisobni 41-daqiqada mehmonlar ochdi. Gol muallifi Oskar de Markos bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 84-daqiqasida esa Munir “Barselona”ning javob golini kiritdi. Natijada “Barselona” 2-turdan beri davom etib kelayotgan g‘alabasiz o‘yinlar seriyasini davom ettirdi. Kataloniya klubi 5-turda “Jirona” bilan durang o‘ynagandi. O‘tgan turda esa yuqorida ta’kidlanganidek, autsayder “Leganes”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Turning markaziy o‘yinida “Real Madrid” bugun Madrid derbisida “Atletiko”ga qarshi kurash olib boradi. Bahs 23:45 da boshlanadi.

La Liga

7-tur bellashuvlari

28-sentabr, juma

Gollar: 1:0—6 de Tomas, 1:1—19 Borxa, 1:2—45 Granero, 2:2—47 penalti Kakuta.

29-sentabr, shanba

Gol: 0:1 – 36 Gameyro.

Gollar: 0:1 – 41 De Markos, 1:1 – 84 Munir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2018, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют