» » Indoneziyada zilziladan so‘ng 100 dan ortiq mahbus qamoqxonadan qochib ketdi

Indoneziyada zilziladan so‘ng 100 dan ortiq mahbus qamoqxonadan qochib ketdi


Indoneziyaning Markaziy Sulavesi provinsiyasida yuzdan ortiq mahbus go‘yoki qamoqxona boshlig‘i ularga zilzilada jabrlangan qarindoshlarini qidirishga ruxsat bermagandan so‘ng qamoqxonadan qochib ketdi. Bu haqda Jakarta Post gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Nashrga ko‘ra, qamoqxona rahbari tabbiy ofatdan so‘ng vayron bo‘lgan hududlarda yashovchi qarindoshlarini qidirishga ruxsat berishdan bosh tortgandan so‘ng 342 nafar mahbus qamoqxonaga o‘t qo‘ygan.

O‘z navbatida, qamoqxona boshlig‘ining so‘zlariga qaraganda, kamida 100 kishi qamoqxonadan qochib ketgan. Markaziy Sulavesi politsiyasining 100 nafar xodimi hodisani tartibga solish uchun yo‘naltirilgan.

Qamoqxona hududida yuzaga kelgan yong‘in muassasaning katta qismini vayron qilganligi va bu u yerda qolgan mahbuslarni ushlab turish imkonini bermayotganligi xabar qilinmoqda. Hodisa joyida o‘t o‘chiruvchilar jamoasi ishlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2018, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют