» » “Yoshlik” talabalar shaharchasida talabalar o‘rtasida ommaviy sport kuni tadbirlari o‘tkazildi

“Yoshlik” talabalar shaharchasida talabalar o‘rtasida ommaviy sport kuni tadbirlari o‘tkazildi


“Yoshlik” talabalar shaharchasida talaba-yoshlar uchun “Yakshanba – ommaviy sport kuni” loyihasi tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Loyiha Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi tomonidan Prezidentning 20-sentabrdagi jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti talabalari uchun tonggi badantarbiya hamda futbol, voleybol, suzish, stol tennisi, armrestling musobaqalari o‘tkazildi.

Sport tadbirlari Rishod Sobirov hamda Jakartada o‘tkazilgan 18-Osiyo o‘yinlari sovrindori Darya Latisheva tomonidan olib borildi.

Uch ming nafarga yaqin yoshlarni qamrab olgan “Yakshanba – ommaviy sport kuni” loyihasi endilikda muntazam o‘tkazib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2018, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют