» » 30-mart kuni O‘zbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi tashkil qilinadi

30-mart kuni O‘zbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi tashkil qilinadi


Ertaga, 30-mart kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi anjumanlar zalida yangi tashkil etilayotgan Assotsiatsiyaning saylov konferensiyasi o‘tkaziladi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli farmoni, 2017-yil 9-martdagi “O‘zbekiston sportchilarini 2020-yilda Tokio shahri (Yaponiya)da bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida” PQ-2821-sonli va 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Respublika “Talaba” sport federatsiyasi hamda Respublika “Barkamol avlod” jamiyati birlashtirilib, uning negizida “O‘zbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi” tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan ertaga, 30-mart kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi anjumanlar zalida yangi tashkil etilayotgan Assotsiatsiyaning saylov konferensiyasi o‘tkaziladi.

Bugungi kunda O‘zbekiston bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari soni jami 82 tani tashkil etadi. Ulardan 21 tasi universitet, 35 tasi institut, 2 tasi akademiya, 15 tasi filial maqomiga ega. Shuningdek, konservatoriya, oliy maktab va 7 ta chet el Oliy ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda.

Mazkur konferensiyada respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlari hamda jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirok etadi.

Konferensiya davomida oliy ta’lim muassasalarining sport sohasidagi faoliyati hamda voleybol, gandbol, basketbol va stol tennisi sport turlari bo‘yicha terma jamoalarini shakllantirish, kelgusida an’anaviy sport musobaqalarini tashkil etish masalalari kelishib olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют