» » Qarshida sigareta chekib, uxlab qolgan erkakning kuygan jasadi topildi

Qarshida sigareta chekib, uxlab qolgan erkakning kuygan jasadi topildi


Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 1-oktabr kuni soat 01:45 atrofida “Navo” MFY, “Yangi darvoza” ko‘chasi, 103-uyda yashagan, 1965-yilda tug‘ilgan G‘.Sh. mast holda uyida sigareta chekib, uxlab qoladi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Buning oqibatida sigaret kuli ko‘rpa ustiga tushib, yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat 02:20da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida uyning 35 kvadrat metr maydonida tom, shift qismi va uy jihozlari yonib, zarar ko‘rdi. G‘.Sh.ning kuygan holdagi jasadi topildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют