» » Britaniya hukumati Gulnora Karimovaning mamlakat hududidagi aktivlarini xatlamoqchi

Britaniya hukumati Gulnora Karimovaning mamlakat hududidagi aktivlarini xatlamoqchi


Buyuk Britaniya hukumati korrupsiyada ayblanayotgan Gulnora Karimovaning mamlakat hududidagi ko‘chmas mulk obyektlari va boshqa aktivlarini xatga olishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz” Britaniyaning O‘ta yirik miqdordagi firibgarliklarga qarshi kurashish byurosiga tayanib.

“Boshqarma amaldagi qonunchilikka muvofiq obyektlarni fuqarolik tartibida musodara qilish haqida sud da’vosini berdi. Da’vo bir qator aktivlarga, shu jumladan, Buyuk Britaniyadagi uchta ko‘chmas mulk obyektiga taalluqli, ular, idoraning taxmin qilishicha, O‘zbekistonda Gulnora Karimova va Rustam Madumarov ishtirokidagi korrupsiyaviy bitimlardan olingan daromadlardan foydalanib sotib olingan”, — deyiladi idora xabarida.

Avvalroq, Gulnora Karimovaning qizi Imon Londonga uchib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, Gulnora Karimova 2015-yilning avgustida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan bir qator jinoyatlarda aybdor deb topilgan. Jumladan, Karimova jinoiy guruh tuzishga aloqadorlik, o‘g‘irlik, pul undirish, davlat mablag‘larini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborish, soliqlar to‘lashdan bosh tortish singari jinoyatlarda ayblangan va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют