» » Armaniston bosh vaziri iste’foga chiqishini ma’lum qildi

Armaniston bosh vaziri iste’foga chiqishini ma’lum qildi


Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 6 nafar vazirni lavozimidan ozod qilish haqidagi qarori kuchga kirganidan so‘ng iste’fo berishini ma’lum qildi. U shu tariqa mamlakatda navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazilishiga erishmoqchi, deya xabar beradi TJournal.

Pashinyan iste’foga chiqqanidan so‘ng parlamentda bosh vazirni saylashga ikki imkoniyat bo‘ladi. Agar ular muvaffaqiyatsiz yakunlasa, parlament tarqatib yuboriladi va yangi saylovlar belgilanadi.

Qonunchilikka ko‘ra, ular parlament tarqatib yuborilganidan taxminan bir oydan so‘ng o‘tkaziladi.

Pashinyan voqealar aynan shunday rivoj topishiga umid qilmoqda. Uning aytishicha, parlament xalq manfaatlarini ifodalamaydi, shu sababli saylovlar imkon boricha tezroq o‘tkazilishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют