» » Yangi Zelandiya sobiq bosh vaziri katta siyosatdan butkul ketishini ma’lum qildi

Yangi Zelandiya sobiq bosh vaziri katta siyosatdan butkul ketishini ma’lum qildi


O‘tgan yil oxirida kutilmaganda hukumat rahbari lavozimidan iste’fo bergan Yangi Zelandiya sobiq bosh vaziri Jon Ki parlamentni ham yaqin haftalar mobaynida tark etadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

Jon Ki katta siyosatdan uzil-kesil ketishiga umumiy saylovlargacha 6 oydan oshiq muddat mobaynida vakili qandaydir sabablarga ko‘ra o‘z majburiyatlarini bajarolmaydigan okrugda qo‘shimcha saylovlar o‘tkazilishini ko‘zda tutuvchi mamlakat konstitutsiyasi xalaqit berayotgan edi. 

Yangi Zelandiyada parlament saylovlari 23-sentabrga mo‘ljallangan, shu tariqa sobiq bosh vazir vakil bo‘lgan Hellensvill okrugida qo‘shimcha saylovlar o‘tkazilishi talab etilmaydi. 

55 yoshli Jon Ki mamlakat tarixiga Yangi Zelandiyani global moliyaviy inqiroz davrida muvaffaqiyatli boshqargan yetakchi va rahbarligi ostida partiyasi saylovlarda yutqazmagan siyosatchi sifatida kiradi. 

Jon Ki katta siyosatdan ketish haqidagi qarorini shaxsiy sabablar bilan izohladi, biroq ularni oshkor etmaslikni ma’qul ko‘rdi. 

Опубликовано: admin (22-03-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют