» » Shavkat Mirziyoyev “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi

Shavkat Mirziyoyev “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Hujjat mamlakatda bo‘ladigan saylov tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilishni ta’minlash, shuningdek, saylov jarayonlarini boshqarishda axborot tizimini joriy qilish kabi maqsadlarda qabul qilindi, deyiladi xabarda.

Unga ko‘ra, endilikda:

Markaziy saylov komissiyasi — mamlakatning butun hududida saylov jarayonini boshqarishning axborot tizimini joriy qilish va saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidan foydalanish bo‘yicha faoliyatga umumiy rahbarlikni va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududlarda tizimning samarali ishlashini ta’minlashga yagona texnologik yondashuvni ta’minlaydi;

“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi esa ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestrini yuritish uchun javobgar organ hisoblanadi.

Ichki ishlar vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yilning 1-apreligacha bo‘lgan muddatda — uyma-uy yurib aylanish orqali fuqarolarning pasport ma’lumotlarini Ichki ishlar vazirligining axborot bazasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqamiga bog‘lagan holda, bu — doimiy va vaqtincha yashash joylarining manzillari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtiradi. Jarayonga sektor rahbarlari ham jalb etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют