» » O‘zbekistonlik yosh dizaynerlar Milan moda haftaligida ishtirok etdi

O‘zbekistonlik yosh dizaynerlar Milan moda haftaligida ishtirok etdi


Yoshlar ittifoqi markaziy kengashining “Yosh dizaynerlar kengashi” nodavlat notijorat tashkiloti dizaynerlari 19—25-sentabr kunlari Italiyada Milan moda haftaligi doirasida o‘tkazilgan namoyishlarda ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Haftalikda Italiya, Fransiya, Germaniya, Polsha, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan kelgan dizaynerlar o‘z ko‘rgazmalari bilan qatnashdi.

Mazkur haftalikda O‘zbekiston nomidan “Anor” modalar uyi va Image loyihasi ishtirokchisi, IZY brendi asoschisi Zarina Ismadiyorova ishtirok etdi.

“Anor” modalar uyi o‘zining asosiy yo‘nalishiga sodiq qolgan holda milliy matolardan neo-folklor yo‘nalishidagi yangi to‘plamini taqdim etdi. Qadimiy paranji detallaridan unumli foydalanilgan to‘plam mehmonlar va hamkorlarda katta taassurot qoldirdi.

IZY brendi esa yangicha, “avangard strit stayl” yo‘nalishidagi to‘plamini taqdim etdi. Ushbu yo‘nalish Italiya butiklari va shou-rumlari rahbarlariga ma’qul keldi va hamkorlikda ishlash takliflari ko‘rib chiqildi.

“Yosh dizaynerlar kengashi” tomonidan o‘zbekistonlik dizaynerlarning Berlin, Serbiya moda haftaliklari va boshqa tadbirlardagi ishtiroki yuzasidan shartnomalar tuzildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют