» » Belarus kompaniyasi O‘zbekistonga maktab formasi tikish uchun mato yetkazib bermoqchi

Belarus kompaniyasi O‘zbekistonga maktab formasi tikish uchun mato yetkazib bermoqchi


Belarusning “Kamvol” korxonasi matolari O‘zbekistonda maktab formasi tikish uchun foydalanilishi mumkin. Bu haqda “Bellegprom” konserni raisi Nikolay Yefimchik belaruslik jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

“Biz ‘Kamvol’ OAJ matolari bilan maktab formasi tikish uchun O‘zbekiston bozoriga chiqish mavzusini muhokama qilyapmiz. Bizga ma’lum bo‘lishicha, ularda yagona maktab formasini joriy etish haqida allaqachon davlat rahbari darajasida qaror qabul qilingan… Biz ularning ehtiyojlarini zarur hajmda qondirishga tayyormiz, bu esa ‘Kamvol’ OAJni rivojlantirish uchun yana bir qadam”, — dedi Nikolay Yefimchik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab majburiy tartibda yagona maktab formasi joriy qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют