» » Shavkat Mirziyoyev Tokioga qo‘ng‘iroq qilib, Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Tokioga qo‘ng‘iroq qilib, Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan qutladi


Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlari orasida birinchi bo‘lib Tojikiston prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

O‘zbekiston Prezidenti hozirda Yaponiyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Emomali Rahmonga qo‘ng‘iroq qilib, tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Telefon orqali muloqot davomida ikki davlat yetakchilari o‘zbek-tojik hamkorligining hozirgi holati, shuningdek, rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi.

Qayd etish joizki, Emomali Rahmon ham Shavkat Mirziyoyevni birinchilardan bo‘lib tug‘ilgan kuni bilan qutlagan edi.

Ma’lumot uchun, Tojikiston rahbari 5-oktabr kuni 66 yoshga to‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют