» » Xiva shahar hokimi o‘rinbosari 2000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Xiva shahar hokimi o‘rinbosari 2000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi


Joriy yilning o‘tgan davrida Xorazm viloyati hududida poraxo‘rlik bilan bog‘liq bir qator jinoyatlar viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tashabbusi bilan fosh etildi. Bu haqda viloyat IIB xodimi podpolkovnik Z.Ismoilov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xiva shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaliklar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O.Sh. fuqaro A.Z.ga “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritish, qayta ishlash sexi va omborxonasi” qurilishi uchun 1 000 metr kvadrat yer uchastkasi ajratilishida yordam berganligi uchun 2000 AQSh dollari miqdorida pora talab qilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat asosida 2018-yil 6-oktabr kuni viloyat IIB JQB Korrrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi  va prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xiva shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida hokim o‘rinbosari O.Sh. Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri Xiva shahar bo‘limi mutaxassisi orqali 2000 AQSh dollarini pora tariqasida olayotganida jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Xiva shahar hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan O.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda,  o‘zi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют