» » Yana bir ayol Krishtianu Ronalduni zo‘rlashda aybladi

Yana bir ayol Krishtianu Ronalduni zo‘rlashda aybladi


“Yuventus” hamda Portugaliya terma jamoas hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir ayolni zo‘rlashda gumon qilinmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatdi.

Avvalroq Ronaldu 34 yoshli amerikalik Ketrin Mayorgani zo‘rlagani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Mayorganing advokati Lesli Stovell esa unga ismi sir qolishini so‘rab bir ayol murojaat qilgani haqida ma’lum qildi. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, Krishtianu uni ham zo‘rlagani haqida aytgan. Advokat Stovell esa ayol ismini ma’lum qilmadi va undan olgan ma’lumotlarini Las-Vegas politsiyasiga topshirishi haqida xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Mayorga Krishtianu Ronaldu uni 2009-yil 13-iyunida Las-Vegasdagi mehmonxonalarning birida zo‘rlagani haqida ma’lum qilgach, Las-Vegas politsiyasi Ronalduga qarshi ishni qayta ko‘rib chiqishni boshladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayol zo‘rlangan vaqtda uning jim yurishi uchun Ronaldu 375 ming dollar bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют