» » O‘zbekiston TIVda Germaniya hukumatining maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston TIVda Germaniya hukumatining maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


8-oktabr kuni TIVda O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya hukumatining Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Markus Potsel bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muntazam O‘zbekiston — Germaniya siyosiy maslahatlashuvlari doirasida tomonlar Afg‘onistonda vujudga kelgan holat va mazkur davlatdagi tinchlik jarayoni istiqbollari borasida fikr almashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha nufuzli xalqaro konferensiya yakunlariga ko‘ra 27-mart kuni qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasining bandlari va takliflarini amalga oshirish borasidagi hamkorlik masalalariga asosiy e’tibor qaratildi.

Suhbatda “Mozori Sharif — Hirot” temir yo‘l magistrali, “Surxon — Puli Xumri” elektr uzatish liniyasi, turli uzunlikdagi avtomobil yo‘llari va Afg‘onistondagi boshqa infrastruktura obyektlarini qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish uchun moliyaviy manbalarni jalb qilish masalasi ham muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ta’lim yo‘nalishidagi loyihalarda, jumladan Termizda tashkil etilgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi hamda Afg‘onistonda ta’limni qo‘llab-quvvatlash xalqaro fondi faoliyatida Germaniya tomonining ishtirok etishi muhimligi qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют