» » Botirjon Asadov O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi vazifasini bajarishga kirishdi

Botirjon Asadov O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi vazifasini bajarishga kirishdi


Botirjon Asadov O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

8-oktabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Grigoriy Karasin O‘zbekistonning yangi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. U Asadovni elchi lavozimini egallagani bilan qutlab, ikki davlat o‘rtasidagi strategik va ittifoqdoshlik aloqalarini mustahkamlashda muvaffaqiyat tiladi.

Tomonlar Rossiya—O‘zbekiston munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi. Bunda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning oktabr oyida O‘zbekistonga amalga oshiradigan davlat tashrifiga tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratildi.

Botirjon Asadov joriy yil 5-fevralidan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. U turli yillarda O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi, Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari vazifalarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov sentabr oyida Alisher Sultonov o‘rniga “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi lavozimini egallagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют