» » Afg‘onistondagi portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi


Afg‘oniston parlamentiga nomzodlarni saylash shtabida yuz bergan portlashda halok bo‘lganlar soni o‘n kishiga yetdi. Bundan tashqari, yana o‘n kishi jarohat olgan. Bu haqda Hilmand viloyati gubernatori matbuot xizmatining bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Avvalroq uch kishining halok bo‘lganligi va besh kishi yaralanganligi ma’lum bo‘lgan edi.

“Xudkush hujumi o‘n kishining qurbon bo‘lishiga olib keldi, yana o‘n kishi jarohat olgan, ular orasida qonunchilik saylovlariga nomzod Solih Muhammad Achakzay ham bor”, — deyiladi bayonotda.

Shu bilan bir paytda, Pajhwak agentligi Solih Muhammad Achakzay (parlamentning quyi palatasi “Xalq uyi”ga nomzod) halok bo‘lgan o‘n kishidan biri ekanligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют