» » Samarqand shahrida EU 4 Energy forumi davom etmoqda

Samarqand shahrida EU 4 Energy forumi davom etmoqda


Elektr energiyasini ishlab chiqarish va tarqatish bosqichida zamonaviy energiyani tejash usullarini joriy qilib, yoqilg‘i sarfini kamaytirishga erishish maqsadida Samarqandda quyosh energetikasini rivojlantirishning global amaliyotini o‘rganishga qaratilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha forum tashkil etildi. Tadbirni O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi Yevropa Ittifoqi Xalqaro energetika agentligining 4 Energetika EU4Energy dasturi doirasida tashkil etmoqda, deb yozadi O‘zA.

Qayd etish joizki, EU4Energy Yevropa Ittifoqi moliyalashtirgan Sharqiy hamkorlik va Markaziy Osiyo davlatlarida amalga oshiriladigan 4 yillik dasturdir. EU4Energy’ning maqsadi — energetika sohasiga oid ma’lumotlar asosida energetika siyosatini ishlab chiqish va benefitsiar mamlakatlarda bu borada monitoring olib borish.

Forumda mamlakatning bir qator tegishli vazirlik, idora va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy izlanish tashkilotlari bilan bir qatorda Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Ukrainadan qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasining ilg‘or kompaniya vakillari iqtisodchilar, moliyachi tahlilchilar ishtirok etmoqda.

Unda O‘zbekistonning qayta tiklanuvchi manbalari borasidagi imkoniyatlarining taqdimoti o‘tkazildi. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va yetakchi xalqaro moliyaviy institutlar ishtirokida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha loyihalar haqida so‘z yuritilmoqda.

Jumladan, Jahon bankining 325 million dollar kredit liniyalari bilan ishlashning muvaffaqiyatli mexanizmlari natijasida neft va gaz, tog‘-kon sanoati, kimyo, elektr energiyasi, qurilishi va qayta ishlash kabi yirik sohalarda 80 ortiq energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish loyihasi bajarildi.

Tadbir ishtirokchilari quyosh energiyasi sohasidagi respublikada ilmiy-tadqiqotlar va rivojlanish, energiya samaradorligi va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha yagona siyosatni amalga oshirish maqsadida yangi tashkil etilgan “Milliy energiya tejamkorlik” kompaniyasi faoliyatiga qiziqish bildirdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi va Statistika davlat qo‘mitasida Xalqaro energetika agentligi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Mazkur forum 11-oktabrga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют