» » BAA kompaniyasi O‘zbekistonda shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurishni rejalashtirmoqda

BAA kompaniyasi O‘zbekistonda shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurishni rejalashtirmoqda


Masdar (Abu Dhabi Future Energy Company) energetika kompaniyasi va Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mita hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Hujjat Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Birlashgan Arab amirliklari biznes-forumi davomida imzolandi.

Mazkur shartnoma tomonlarning qayta tiklanuvchi manbalar, xususan, shamol va quyosh elektr stansiyalari qurilishi sohasidagi o‘zaro sheriklik aloqalarini ko‘zda tutadi.

Ma’lumot uchun, shtab-kvartirasi Abu-Dabi amirligida joylashgan Masdar kompaniyasi ekologik toza energetika sanoatini amirlik hududi va butun dunyoda rivojlantirish va ilgari surishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют