» » Toshkentda Lacetti mashinasini sotib, hujjatlarini rasmiylashtirib bermagan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda Lacetti mashinasini sotib, hujjatlarini rasmiylashtirib bermagan shaxs qo‘lga olindi


Toshkent shahrining Uchtepa tumani IIBga 9-oktabr kuni firibgarlik holati yuzasidan murojaaat kelib tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

2017-yil 5-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi A.G‘. “Dadil” tor ko‘chasida yashovchi Z.S.ning uyi oldida unga avariya holatida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomobilni 6000 AQSh dollariga sotadi. Biroq shu kunga qadar mashinani notarial tarzda Z.S.ning nomiga rasmiylashtirib bermay, pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

A.G‘. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют