» » Shavkat Mirziyoyev mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holati bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holati bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 10-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasi va iqtisodiy idoralar rahbarlari ishtirokida mamlakatni joriy yilning to‘qqiz oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holati va yil yakunlari bo‘yicha kutilayotgan natijalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturining joylardagi ijrosi bo‘yicha mutasaddi rahbarlar hisoboti eshitildi.

Davlat rahbari Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mamlakatda kapital bozorini rivojlantirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, tijorat banklari va sug‘urta kompaniyalarining bo‘sh mablag‘larini muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish maqsadida qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish, shuningdek, joriy yilni muvaffaqiyatli yakunlash va barcha prognoz qilingan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 07:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют