» » Toshkentda metro harakati to‘xtab qoldi. “Toshkent metropoliteni” UK korxonasi esa bundan bexabar

Toshkentda metro harakati to‘xtab qoldi. “Toshkent metropoliteni” UK korxonasi esa bundan bexabar


Bugun, 11-oktabr kuni Toshkent metropoliteni Chilonzor yo‘nalishi Olmazor bekatida 40 daqiqa davomida metro harakati to‘xtab qoldi, deb yozadi “Xalq so‘zi Online”.

“Tahririyatimizga telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi. O‘zini tanitishni istamagan yurtdoshimizning aytishicha, u 40 daqiqadan beri Toshkent metropoliteni Chilonzor yo‘nalishi Olmazor bekatida metro kutib turgan. Metro esa kelmagan. Toshkent metropoliten xizmatchilari esa bunga izoh berishmagan.

Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida “Toshkent metropoliteni” UK korxonasiga qo‘ng‘iroq qildik. U yerda go‘shakni ko‘targan xodim, bu qabulxona ekanligini aytib, bundan bexabarligini bildirdi ham 71 245 75 59 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishimizni aytdi.

Afsuski, bu raqamga qayta-qayta qo‘ng‘iroq qildik. Lekin go‘shakni hech kim ko‘tarmadi.

Umid qilamiz, mutasaddilar bunga izoh berishadi”, —deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют