» » Boysunda dinozavrlarning yangi izlari topildi

Boysunda dinozavrlarning yangi izlari topildi


Rossiya, Fransiya va Shveysariya speleologlaridan iborat xalqaro ekspeditsiya a’zolari joriy yilning 3-avgustidan 17-avgustigacha Boysun tog‘laridagi Boybuloq g‘orini tadqiq qilish jarayonida tiranozavrlarnikiga o‘xshash bir necha izlarni topdi. Bu haqda Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Bizning davrimizda dinozavrlarning yangi xalqasini topish — ancha kam uchraydigan hodisa. Bundan oldin Xo‘ja G‘urg‘ur Ota tog‘ tizmasida dinozavrlarning izlari topilgan edi. Bu gal esa Cho‘lbayir tizmasida ilk bor dinozavrlarning izlari topildi. Izlar Boybuloq g‘ori yaqinida, g‘ordan balandlikka ko‘tarilib boraverish joyida topildi. Izlarning uch tirnoqli ekanidan kelib chiqib mutaxassislar bu dinozavrlarning yirtqich turi vakilining izi deb o‘ylashadi. Cho‘lbayirdagi dinozavr izlari bir necha million yillik izlar, deb aytish mumkin”, — deydi xalqaro ekspeditsiya rahbari Vadim Loginov.

Boybuloq g‘ori Osiyodagi eng chuqur g‘or hisoblanadi. Uning chuqurligi 1 415 metrni tashkil etadi. Boysuntog‘ning Xo‘ja G‘urg‘ur Ota tizmasidagi “Qorong‘i yulduz” g‘orlar tizimi esa dunyodagi eng chuqur g‘or bo‘lishi mumkin, ammo hozircha qator sabablar bois ushbu g‘orlar tizimini to‘liq o‘rganishning imkoni bo‘lmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют