» » Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning yanvar oyida Germaniyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning yanvar oyida Germaniyaga boradi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning yanvar oyida Germaniyaga rasmiy tashrif bilan borishi kutilmoqda. Bu haqda Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Facebook’dagi sahifasida 10-oktabr kuni nishonlangan mamlakat birligi kuni haqidagi xabarida ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif chog‘ida Germaniya kansleri Angela Merkel va prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Toshkentda 10-oktabr chorshanba kuni o‘zbekistonlik va xalqaro hamkorlar ishtirokida Germaniya birligi kuni nishonlandi. Tadbirda Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Gyunter Overfeld mehmonlarga murojaat etib,

“... nemis milliy bayrami Sovuq urush sababli yuz bergan bo‘linish sal kam 30 yil oldin barham topganini, Sharq va G‘arb o‘rtasidagi devorning qulashida eng avvalo Sharqiy Germaniya fuqarolarining jasoratini eslatib turishi lozim” ekanligini ta’kidladi.

Shu yilning may oyida 70 dan ortiq nemis firmalari O‘zbekistonga tashrif buyurdi va bu nemis iqtisodiyotining Markaziy Osiyoga shu davrgacha kelgan enga katta delegatsiyasidir.

Elchi O‘zbekiston islohotlar siyosatini davom ettirish yo‘lidagi chaqiriqlarni yengishiga va shu bilan birga nemis-o‘zbek hamkorligining yanada kengayishiga umid bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют