» » Ektor Kuper: “Men xodimlarga pul bergan bo‘lsam, bu O‘FAning o‘rniga pul berdi degani emas”

Ektor Kuper: “Men xodimlarga pul bergan bo‘lsam, bu O‘FAning o‘rniga pul berdi degani emas”


Ertaga FIFA kunlari doirasida Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda KXDR terma jamoasiga qarshi kurash olib boradi. Bugun, 12-oktabr sanasida Ektor Kuper o‘yindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Bugun “Championat.asia” saytida jurnalist Shahboz Beg‘amov “O‘zbekiston milliy terma jamoasida faqatgina Kuper va u bilan birga kelgan shtabdagi murabbiylarda rasman shartnoma mavjud. O‘zimizning qora qo‘zlar esa shunchaki “rahmatga” ishlashayotganini ko‘pchilik bilmaydi. Ammo buni payqagan va O‘FAdan sado chiqmaganidan ranjigan Kuper kuni kecha o‘z cho‘ntagidan butun shtabda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni “xizmat haqi” to‘lagan”,— deb yozdi. Matbuot anjumani vaqtida Ektor Kuper bu holat bo‘yicha berilgan savolga quyidagicha javob qaytardi:

Men hech qachon oylik bermayman. Men o‘zim oylikka ishlaydigan odamman. Agar men xodimlarga pul bergan bo‘lsam, bu O‘FAning o‘rniga pul berdim degani emas. Agar kimgadir pul bergan bo‘lsam, bu o‘sha xodimlarning mehnati menga yoqqanini anglatadi. Men qo‘l ostimdagi ishchilarga mukofot sifatida o‘z tashabbusim bilan pul bergaman. Bu O‘FA beradigan maoshlarga hech qanday aloqasi yo‘q. Men O‘FAning sharoitidan nolimagan bo‘lardim. Ish jarayonidagi ba’zi muammolar topiladi, hammamiz muammolarni birgalikda hal qilayapmiz.

Ektor Kuper, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют