» » Ektor Kuper: “Ertaga hujumkor o‘yin ko‘rasiz, deb ayta olmayman”

Ektor Kuper: “Ertaga hujumkor o‘yin ko‘rasiz, deb ayta olmayman”


Ertaga FIFA kunlari doirasida Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda KXDR terma jamoasiga qarshi kurash olib boradi. Bugun, 12-oktabr sanasida Ektor Kuper o‘yindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Shuni ta’kidlab o‘tishi kerakki, ertangi bahs navbatdagi sinov bo‘ladi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinini shakllantirishda davom etamiz. Suriya va Eron bilan o‘yinlardan keyin o‘zgarishlar bormi yoki yo‘qmi shuni tekshiramiz. Sinov degan so‘zni ko‘p takrorlayapman. Osiyo Kubogiga qadar ko‘p sinov o‘tkazamiz. Tarkibda yangi futbolchilar bor. O‘yinimizda ham o‘zgarishlar bo‘ladi. Kamchiliklar va xatolar ustida ishlash uchun qulay imkoniyat. Men terma jamoada umuman o‘ynamagan emas ko‘p ham chaqirilmagan futbolchilarni nazarda tutdim. Masalan, Javohir Sidiqov va boshqalar. Ular terma jamoada bitta yoki ikkita o‘yin o‘tkazgan xolos. Ertaga hujumkor o‘yin ko‘rasizlar, deb ayta olmayman. Uslubim natija olib keladigan o‘yin ko‘rsatish. Muxlislar va jurnalistlarga himoyaviy o‘yin yoqmaydi. Ertaga hujumkor o‘yin namoyish etib berishim mumkin, lekin natija bo‘lmasligi mumkin. Doim murabbiyning tarkib borasidagi tanlovi hammaga ham yoqmaydi. Ammo bosh murabbiy nimaga u yoki bu futbolchini chaqirmaganini tushuntirib berishga majbur emas. Bu yig‘inga chaqirilmagan futbolchi menga yoqmadi degani emas. Sababi Osiyo Kubogiga qadar imkon qadar ko‘proq futbolchilarni sinab ko‘rishim kerak. Sentabr va oktabr oyidagi yig‘inga jalb etilgan futbolchilar terma jamoaning Osiyo Kubogida asosiy o‘zagi bo‘ladi demagan bo‘lardim. Noyabr oyida ham yig‘in bor. Ana o‘sha yig‘indagi tarkib qisman BAAga boradigan tarkibga yaqin bo‘ladi.

Ektor Kuper, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 104) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют