» » 11-sentabrda Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi Toshkentda bahs olib boradi

11-sentabrda Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi Toshkentda bahs olib boradi


Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida kuz oylarida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida xabar berilgan edi.

Jumladan, 6-sentabr kuni poytaxtdagi “Milliy”(sobiq “Bunyodkor”) stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 20:00 da boshlanishi belgilangan.

Shuningdek, Ektor Kuper shogirdlari 13-oktabr sanasida Shimoliy Koreya termasi bilan, 16-oktyabrda esa Qatarga qarshi Toshkentda bahs olib boradi. Kuper mazkur o‘yinlar orqali O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibini shakllantirib boradi.

Qolgan FIFA kunlarida ham O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun o‘rtoqlik o‘yini tashkil qilish borasida muzokaralar olib borilayotgan edi. Jumladan, Eron futbol federatsiyasi bilan o‘tkazilayotgan muzokaralar ijobiy yakuniga yetdi va 11-sentabr sanasida Eronga qarshi uchrashuv ham Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun oy boshida O‘zbekiston terma jamoasiga argentinalik Ektor Kuper bosh murabbiy etib tayinlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2018, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют