» » Gulnora Karimovaning qizi Imon O‘zbekistonga qaytganini ma’lum qildi

Gulnora Karimovaning qizi Imon O‘zbekistonga qaytganini ma’lum qildi


O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi Imon Karimova Londondan O‘zbekistonga qaytganini ma’lum qildi, deb yozadi Repost.

Imon bu haqda Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirgan.

O‘zbekistonni sentabr oxirida tark etgan Imon 10 kundan ko‘proq Londonda bo‘lgan.

O‘shanda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Imonning O‘zbekistondan chiqishiga hech qanday to‘siq mavjud emasligini ma’lum qilgan edi.

Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom ham Londonda yashaydi.

O‘zbekistondan chiqib ketganidan so‘ng Imon jurnalistlardan juda ko‘p so‘rov bo‘lgani va hech qanday siyosiy masalalarda ishtirok etishni istamasligini ham aytib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, 2015-yilning 21-avgustida Imonning onasi Gulnora Karimovaga nisbatan 5 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2018, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют