» » Toshkentda to‘yga mashinada borishni istagan o‘smir Spark olib qochdi

Toshkentda to‘yga mashinada borishni istagan o‘smir Spark olib qochdi


Toshkentda 19 yashar Zuhriddin N. mast holatda Spark avtomobilini haydab qochdi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Bu haqdagi xabar IIBBga 12-oktabr soat 14:40 da kelib tushdi. Haydovchi mashinasini Yunusobod tumani, Gulg‘uncha ko‘chasidagi uyida bekitilmagan holatda, kaliti bilan qoldirganini tan oldi. Avtomobil ikki soat chamasi qarovsiz qolgan va huquqbuzar bundan foydalangan.

Kuzatuv kameralari yozuvi orqali gumonlanuvchining shaxsi tezda aniqlandi. So‘roqqa tutilganlardan biri kamera obyektiviga tushgan shaxsda Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi Zuhriddin N.ni tanib qoldi.

Ko‘p o‘tmay olib qochilgan avtomobil Bektemir tumanida to‘xtatildi. Yigitcha taklif qilingan to‘yga mashina minib bormoqchi bo‘lgani, bunda qarovsiz qoldirilgan Spark qo‘l kelganini bildirdi.

Zuhriddin N.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Unga yo‘l qo‘ygan qilmishi uchun 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют