» » O‘zbekiston—Qatar. Eng arzon chipta 20 ming, qimmati esa 60 ming so‘m

O‘zbekiston—Qatar. Eng arzon chipta 20 ming, qimmati esa 60 ming so‘m


Kecha, 13-oktabr sanasida Shimoliy Koreya ustidan g‘alaba qozongan Ektor Kuper boshliq O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida 16-oktabr kuni Toshkentda Qatar termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Mazkur o‘yin uchun chiptalar bugun, 14-oktabrdan e’tiboran sotuvga chiqarilgan. Hozir eng arzon chiptaning narxi 20 ming so‘m. Eng qimmat chipta esa CIP sektorlar uchun chiqarilgan bo‘lib uning narxi 60 ming so‘mni tashkil etadi.

Qayd etish joiz, o‘yinga ikki kun qolganda Qatar terma jamoasi ham Toshkentga yetib keldi. Ertaga, 15-oktabr sanasida soat 11:00 da ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida o‘yindan oldin matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, “Milliy” stadion mezbonlik qiladigan bahs 19:00 da boshlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют