» » GM Uzbekistan “Humo Avtosavdo” MChJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qildi

GM Uzbekistan “Humo Avtosavdo” MChJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qildi


“O‘zavtosanoat” AJ monitoring vaqtida aniqlangan qoidabuzarliklar oqibatida GM Uzbekistan “Humo Avtosavdo” MChJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qilayotganligini ma’lum qildi.

Kelishuvning bekor qilinishiga GM Uzbekistan avtomobillari savdosida shaffoflik bo‘lmaganligi, kompaniya tomonidan e’lon qilingan aksiyalarining munosib tashkil qilinmaganligi, avtosalon tomonidan kelishuv shartlarining doimiy ravishda buzib kelinganligi, avtosalon faoliyatidagi korrupsiya, avtomobillarni yetkazib berishda sun’iy bronlash holatlari, xaridorlarga mavjud avtomobillar xususida noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganlik, rasmiylashtirishda amalga oshirilgan qonunbuzarlik kabi holatlar sabab bo‘ldi.

Shuningdek, avtosalon tozalik va gigiyena talablariga rioya qilmaganligi mijozlarning qulay sharoitlarda avtomobil xarid qilishiga to‘sqinlik qilgan.

Kompaniya shu kabi qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yayotgan dilerlik markazlarini aniqlashda davom etadi.

Dilerlik markazlarida ana shunday qonunga hilof holatlar guvohi bo‘linsa yoki avtomobil uchun qo‘shimcha pul talab qilinsa, darhol 71 141 77 77 raqamlari orqali GM Uzbekistan koll-markazi yoki Bosh prokuraturaning 10-07 yagona ishonch raqamlariga murojaat qilish so‘ralgan. Barcha qonunga hilof harakatlar alohida nazoratga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют