» » O‘zbekistonda Turkiya bilan hamkorlikda urug‘chilik klasteri tashkil etiladi

O‘zbekistonda Turkiya bilan hamkorlikda urug‘chilik klasteri tashkil etiladi


Innovatsion rivojlanish vazirligida Turkiyaning Agrobest korxonasi rahbari Eroglu Faruni bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligidagi delegatsiyaning 16—20-sentabr kunlari paxtachilik va tomchilab sug‘orish tizimidan foydalanish masalalarida Turkiyaga safari chog‘idagi tadbirlar natijasida yuzaga kelgan iliq do‘stona munosabatlar tufayli bugungi kunda O‘zbekistonda yana bir xorijiy sarmoyali korxona — urug‘chilik klasterini tuzish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Avval Toshkent viloyatida tuzilajak klaster keyinchalik mamlakatning boshqa hududlarida ham tashkil etilishi mumkinligi ham muhokama qilindi.

Tomonlar klasterni tuzish bo‘yicha ishlarni tez sur’atlar bilan olib borish zarurligini ta’kidlar ekan, urug‘chilik biznesining o‘ziga xos jihatlarini e’tiborga olganda bu masalada bir oylik kechikish ishning yana bir yilga ortga surilishiga sabab bo‘lishini aytdi. Eroglu Faruni noyabr oyining boshlaridayoq Toshkentga urug‘chilik sohasida katta tajribaga ega mutaxassis Rashid O‘tluk kelishiini aytdi. I. Abdurahmonov o‘z navbatida hamkorlikdagi klaster tuzish masalasida barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyorligi, jumladan, tashkilotning huquqiy jihatdan rasmiylashtirish, yer masalasini hal qilish ishlariga o‘zi bosh-qosh bo‘lishini bildirdi.

Yangi tashkil etiladigan urug‘chilik klasteri nafaqat urug‘ yetishtirish, balki ularni tashqi muhit ta’siri va zararkundalardan himoya qilish uchun dorilash, saqlash, qadoqlash ishlari bilan ham shug‘ullanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют