» » Millatlar Ligasi. Ispaniya o‘z uyida Angliyaga yutqazib qo‘ydi, Shveysariya safarda Islandiyani taslim qildi (video)

Millatlar Ligasi. Ispaniya o‘z uyida Angliyaga yutqazib qo‘ydi, Shveysariya safarda Islandiyani taslim qildi (video)


Kecha, 15-oktabr sanasida Millatlar Ligasi doirasida bir nechta bellashuv o‘tkazildi.

Xususan, Islandiya terma jamoasi o‘z uyida Shveysariyani qabul qilib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ispaniya terma jamoasi esa Angliyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda hisobni 16-daqiqada Rahim Sterling ochdi. 29-daqiqaga kelib Markus Reshford klubdagi jamoadoshi David de Xea darvozasini yana bir marta ishg‘ol qildi. 38-daqiqada esa Rahim Sterling dublga erishdi. Ikkinchi bo‘limning 58-daqiqasida Pako Alkaser gol urib, hisobni qisqartirdi. 90-daqiqada Serxio Ramos gol urdi, biroq bu gol Ispaniyaga na g‘alaba uchun va na durang uchun yetarli bo‘ldi.

Gretsiya terma jamoasi safarda Finlyandiya bilan kurash olib borib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Estoniya—Vengriya uchrashuvida esa muxlislar 3:3 hisobidagi jangovar durang guvohi bo‘lishdi.

Millatlar Ligasi

15-oktabr, dushanba

3-tur bellashuvlari

Gollar: 0:1 – 52 Seferovich, 0:2 – 67 Lang, 1:2 – 81 Finnbogason.

Gollar: 0:1 – 16 Sterling, 0:2 – 29 Reshford, 0:3 – 38 Sterling, 1:3 – 58 Pako Alkaser, 2:3 – 90 Ramos.

Gollar: 1:0 – 27 Jeko, 2:0 – 73 Jeko.

Gollar: 1:0 – 20 Luts, 1:1 – 24 Nad, 1:2 – 54 Salai, 2:2 – 71, avtogol Patkai, 3:2 – 79 Anyer, 3:3 – 81 Salai.

Gollar: 1:0 – 46 Soyri, 2:0 – 89 Kamara.

Gollar: 1:0 – 4 Tyurpel, 2:0 – 65 Sinani, 3:0 – 73 Till.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют