» » Millatlar Ligasi. Ispaniya Angliyani “Uembli”da taslim etdi, Shveysariya esa Islandiya darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi (video)

Millatlar Ligasi. Ispaniya Angliyani “Uembli”da taslim etdi, Shveysariya esa Islandiya darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi (video)


8-sentabr sanasiga belgilangan Millatlar Ligasi uchrashuvlari yakuniga yetdi.

Jumladan, “Uembli”da Ispaniyani mehmon qilgan Angliya “qizil furiya”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Avvaliga 11-daqiqada Markus Reshford hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 2 daqiqa o‘tgach Saul hisobni tenglashtirdi. 32-daqiqada esa ispanlarga g‘alaba keltirgan gol Rodrigo tomonidan Jordan Pikford qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘yildi Shu tariqa Ispaniya musobaqani g‘alaba bilan boshladi.

Shveysariya terma jamoasi esa Islandiyani qabul qilib, 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. Estoniya—Gretsiya bahsida greklarning qo‘li baland keldi.

Millatlar Ligasi

8-sentabr, shanba

1-tur bahslari

Angliya – Ispaniya 1:2

Gollar: 1:0 – 11 Reshford, 1:1 – 13 Saul, 1:2 – 32 Rodrigo.

Shimoliy Irlandiya – Bosniya va Gersegovina 1:2

Gollar: 0:1 – 36 Dulyevich, 0:2 – 64 Sarich, 1:2 – 90 Grigg.

Finlyandiya – Vengriya 1:0

Gol: 1:0 – 7 Pukki.

Shveysariya – Islandiya 6:0

Gollar: 1:0 – 13 Suber, 2:0 – 23 Zakariya, 3:0 – 53 Shakiri, 4:0 – 67 Seferovich, 5:0 – 71 Ayeti, 6:0 – 82 Mexmedi.

Belarus – San-Marino 5:0

Gollar: 1:0 – 4 Stasevich, 2:0 – 26 Dragun, 3:0 – 67, penalti Saroka, 4:0 – 87 Dragun, 5:0 – 90 Kovalev.

Lyuksemburg – Moldova 4:0

Gollar: 1:0 – 34 Malje, 2:0 – 60 Till, 3:0 – 75 Sinani, 4:0 – 83 Martins Pereyra.

Estoniya – Gretsiya 0:1

Gol: 0:1 – 14 Fortunis.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 03:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют