» » JCh—2018. Messi va Argentina Nigeriyani mag‘lub etgan holda 1/8 finalga chiqdi, Xorvatiya esa Islandiyani ham yutdi

JCh—2018. Messi va Argentina Nigeriyani mag‘lub etgan holda 1/8 finalga chiqdi, Xorvatiya esa Islandiyani ham yutdi


26-iyun sanasida futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati “D” guruhida 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Hozirgina Nigeriya—Argentina bellashuvi yakuniga yetdi. Uchrashuvda hisob 14-daqiqada Lionel Messi tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida Viktor Mozes penaltidan gol urib hisobni tenglashtirdi. 86-daqiqada esa Markos Roxo gol urib, Argentinaning guruhdan chiqishini ta’minladi.

Mazkur guruhning yana ikki jamoasi — Islandiya hamda Xorvatiy terma jamolari o‘rtasida o‘yinda xorvatlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Barcha gollar ikkinchi bo‘limda urildi. Avvaliga 53-daqiqada Milan Bedel gol urib, xorvatlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 76-daqiqada Gilfi Sigurdsson penaltidan gol urib hisobni tenglashtirdi. O‘yin so‘nggi daqiqasida Ivan Perishich jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa Xorvatiya guruhda 9 ochko bilan birinchi bo‘ldi, Argentina esa 4 ochko bilan pley-offga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

3-turdan so‘ng guruhdagi vaziyat:

Jahon Chempionati 

“D” guruhi, 3-tur bellashuvlari

26-iyun, seshanba

Gollar: 0:1—14 Messi, 1:1—51 Mozes, 1:2—86 Roxo.

Gollar: 0:1—53 Bedel, 1:1—76, penalti Sigurdsson, 1:2—90 Perishich.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 01:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют