» » Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi korrupsiyada gumonlanmoqda

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi korrupsiyada gumonlanmoqda


Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev katta hajmdagi davlat mablag‘larini o‘zlashtirib yuborganligi fosh qilindi. Bu haqda, Qozog‘istonning korrupsiyaga qarshi va davlat xizmatlari masalalari bo‘yicha agentligi rasmiy vakili Janna Bastarovaning bayonotiga asoslanib, Turon24 xabar bermoqda.

“Elchi mas’ul davlat xizmatchisi sifatida O‘zbekistondagi Qozog‘iston elchixonasi ma’muriy binosi qurilish ishlari yakunlangani haqidagi soxta aktlarga imzo qo‘ygan, Yerik Utembayev davlatga keltirgan zarari 380 ming dollardan (140 million tenge) oshib ketgan”, — degan Bastarova.

Yerik Utembayev 2016-yil aprelida Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan va hamon amalda.

Toshkentdagi Qozog‘iston elchixonasining yangi binosi 2013-yilda foydalanishga topshirilgan. Uning rasmiy ochilishida Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev qatnashgan. Lekin, ma’lumotlarga ko‘ra, bino ta’mirtalab bo‘lgani uchun hali ham undan foydalanilmayapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют