» » Termizda Afg‘onistonning bosh konsulligi ochildi

Termizda Afg‘onistonning bosh konsulligi ochildi


Termiz shahrida Afg‘onistonning bosh konsulligi ish boshladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati hokimligida viloyat hokimi Bahodir Po‘latov, O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev, Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nosir Ahmad Andesha boshchiligidagi afg‘on delegatsiyasi a’zolari, shuningdek, Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Sayyid Shahobiddin Temuriy, O‘zbekistonning Mozori Sharifdagi bosh konsuli Mirodil Abdurazzoqov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng shahar markazida joylashgan konsullik idorasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Afg‘oniston bosh kunsuli etib Sangin Skandariy tayinlanganini ma’lum qilindi. Mehmonlar konsullik binosida afg‘oniston diplomatlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 19:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют