» » “O‘zavtosanoat”da Afg‘oniston bilan avtomobilsozlik sohasidagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

“O‘zavtosanoat”da Afg‘oniston bilan avtomobilsozlik sohasidagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi


23-yanvar kuni “O‘zavtosanoat” AJ binosida Afg‘oniston prezidentining katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “O‘zavtosanoat” matbuot xizmat.

Unda Afg‘oniston prezidentining MDH mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgar, Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Sayid Shahobuddin Timuriy, O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari Nodir Otajonov, O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev hamda “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Umidjon Salimov bilan ikkitomonlama hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv chog‘ida Afg‘oniston bilan O‘zbekistonning hamkorlik aloqalari kundan kunga rivojlanib borayotgani hamda Afg‘onistonda O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan GM Uzbekistan, SamAuto hamda JV MAN Auto Uzbekistan avtomobillariga qiziqish yuqoriligi qayd etildi hamda mazkur korxona mahsulotlarini tez fursatlarda Kobuldagi O‘zbekiston savdo uyida ko‘rish istagi bildirildi.

Tomonlar “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni Afg‘onistonda xarid qilish, sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish, kadrlar malakasini oshirish masalalari bo‘yicha muhokama olib borishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют