» » O‘zbekiston Qatar darvozasiga javobsiz 2 ta gol urib, g‘alabaga erishdi

O‘zbekiston Qatar darvozasiga javobsiz 2 ta gol urib, g‘alabaga erishdi


Hozirgina FIFA kunlari doirasida Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qatar termasiga qarshi uchrashuvi yakuniga yetdi.

Noqulay ob-havo sharoitida o‘tgan o‘yinning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 72-daqiqasida Odil Ahmedov boshi bilan gol urib, hisobni ochdi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Marat Bikmayev 85-daqiqada O‘zbekistonning 2-golini urdi. Shu tariqa O‘zbekiston termasi ketma-ket 2-o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, Kuper shogirdlari noyabr oyida Livan termasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

O‘rtoqlik o‘yini

16-oktabr, seshanba

O‘zbekiston—Qatar 2:0

Gol: 1:0—72 Odil Ahmedov, 2:0—85 Marat Bikmayev.

O‘zbekiston: 30.O‘tkir Yusupov, 2.Akmal Shorahmedov, 31.Yegor Krimets (4.Dostonbek Tursunov, 64), 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteyev, 15.Odil Hamrobekov, 9.Odil Ahmedov (20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 90+1), 6.Husniddin G‘ofurov (17.Dostonbek Hamdamov, 46), 22.Javohir Sidiqov, 8.Ikrom Aliboyev (19.Vladimir Kozak, 83), 14.Eldor Shomurodov (10.Marat Bikmayev, 76).

Qatar: 21.Yusuf Hassan, 6.Abdulaziz Hatim Muhammad, 10.Hassan al-Haydos, 12.Karim Budiaf, 13.Sulton Hussayn, 15.Bassam Husam al-Ravi, 17.Muhammad Musa, 18. Abdulkarim Salim, 19.al-Moyez Ali, 26.Toriq Salmon, 28.Assim Umar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 21:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют