» » Alisher Usmonov Olmaliqda “MISiS” filialining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi

Alisher Usmonov Olmaliqda “MISiS” filialining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi


18-oktabr kuni “Yangi iqtisodiyot uchun yangi kadrlar” Rossiya-O‘zbekiston birinchi ta’lim forumi doirasida Olmaliq shahrida Rossiyaning Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” filiali ochiladi. Bu haqda ochilish marosimi tashkilotchilari “Daryo”ga xabar berdi.

Alisher Usmonov. Foto: omoskva.ru

Ushbu ta’lim dargohi universitetning oltinchi filialiga aylanadi. Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” O‘zbekistonda o‘z bo‘linmasiga ega Rossiyaning to‘rtinchi oliy ta’lim muassasasi bo‘ladi.

Tantanali ochilish marosimida rossiyalik milliarder, USM Holdings aksiyadorlik jamiyati ta’sischisi va rahbari Alisher Usmonov, Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri Mixail Kotyukov, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, “MISiS” rektori Alevtina Chernikova, “OTMK” AJ boshqaruvi raisi Abdullo Xursanovlar ishtirok etadi.

Mazkur ta’lim dargohida respublikaning ishlab chiqarish-sanoat tarmog‘i uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlanadi.

2018—2019-o‘quv yilining kunduzgi bo‘limi uchun “Tog‘ ishi”, “Metallurgiya”, “Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish hamda boshqarish” yo‘nalishlarida 150 nafar talaba qabul qilindi.

Ushbu oliy ta’lim dargohida ta’lim berish jarayoniga mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda Rossiyadagi va xorijdagi yetakchi oliy o‘quv yurtlarida pedagogik tajribaga ega bo‘lgan rossiyalik o‘qituvchilar ham jalb etilgan.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston va Rossiyada oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan “MISiS” MTTUning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 13:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют