» » Rejissor Rashid Malikovning “Sabot” filmi xalqaro Bridge of Arts kinofestivalda mukofotlandi

Rejissor Rashid Malikovning “Sabot” filmi xalqaro Bridge of Arts kinofestivalda mukofotlandi


Rejissor Rashid Malikovning “Sabot” filmi IV xalqaro Bridge of Arts motivatsion kino va sport festivalida mukofotlandi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.

“Sabot” filmi “Hakamlar hay’ati e’tirofi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Tadbir yakunida kinokartinalar uchta yo‘nalishda (qisqa metrajli filmlar uchun, shuningdek, asosiy va bosh mukofot) taqdirlandi.

Filmlar “Eng yaxshi film”, “Eng yaxshi ssenariy”, “Eng yaxshi rejissyor”, “Eng yaxshi aktyor”, “Eng yaxshi aktrisa”, “Hakamlar hay’ati e’tirofi”, “Eng yaxshi qisqa metrajli film” kabi o‘ndan ortiq nominatsiya bo‘yicha mukofotlandi.

Unga ko‘ra, eng yaxshi film sifatida fransiyalik rejissorlar Jiliyen Xerve va Filipp Mishellarning “Teddini izlaymiz” filmi bosh sovringa ega bo‘ldi.

Festival 10—14-oktabr kunlari Rossiyaning Rostov shahrida bo‘lib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 16:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют