» » Oskar 2017: g‘oliblarning to‘liq ro‘yxati

Oskar 2017: g‘oliblarning to‘liq ro‘yxati


“La-La Lend” filmi qo‘lga kiritilgan mukofotlar bo‘yicha rekord o‘rnata olmagan bo‘lsa-da, bir yo‘la oltita mukofotga sazovor bo‘ldi, deb yozadi TJournal. Shu jumladan, Demyen Shazell eng yaxshi rejissor, Emma Stoun esa eng yaxshi aktrisa, filmda yangragan “City of Stars” qo‘shig‘i eng yaxshi qo‘shiq deb tan olindi.

Marosim so‘ngida akademiklar adashib, “La-La Lend”ni “Eng yaxshi film” nominatsiyasida ham g‘olib deb e’lon qildi, ammo keyinroq bu “shunchaki hazil” bo‘lganini aytib, “Oy sho‘lasi”ni eng yaxshi film deb e’tirof etishdi.

G‘oliblarning to‘liq ro‘yxati quyidagicha:

Eng yaxshi rejissor — Demyen Shazell (“La-La Lend”)

Eng yaxshi film — “Oy sho‘lasi”

Eng yaxshi aktyor — Keysi Afflek (“Dengiz bo‘yidagi Manchester”)

Eng yaxshi aktrisa — Emma Stoun (“La-La Lend”)

Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa — Viola Devis (“To‘siqlar”)

Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor — Maxershala Ali (“Oy sho‘lasi”)

Eng yaxshi original ssenariy — “Manchester”

Eng yaxshi adaptatsiya qilingan ssenariy — “Oy sho‘lasi”

Eng yaxshi animatsion film — “Hayvonlar shahri”

Eng yaxshi hujjatli film — “O.Jey: Amerikada qilingan”

Eng yaxshi liboslar — “Fantastik maxluqlar va ular yashaydigan joy”

Eng yaxshi postanovkachi rassom ishi — “La-La Lend”

Eng yaxshi grim — “Qotillar jamoasi”

Eng yaxshi montaj — “Vijdon amri bilan”

Eng yaxshi ovoz montaji — “Vijdon amri bilan”

Eng yaxshi ovoz — “Yetib kelish”

Eng yaxshi operatorlik ishi — Linus Sandgren (“La-La Lend”)

Eng yaxshi vizual effektlar — “Changalzor kitobi”

Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film — “Qum qushi”

Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film — “Oq dubulg‘alar”

Eng yaxshi qisqa metrajli film — “Kuyla”

Chet tilidagi eng yaxshi film — “Kommivoyajer”

Eng yaxshi qo‘shiq — Emma Stoun va Rayan Gosling, “City of Stars”

Eng yaxshi original saundtrek — Jastin Gurvits (“La-La Lend).

Опубликовано: admin (27-02-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют