» » “O‘zbekiston—Rossiya” hududlararo hamkorlik forumi matbuot markazi ish boshladi

“O‘zbekiston—Rossiya” hududlararo hamkorlik forumi matbuot markazi ish boshladi


Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida “O‘zekspomarkaz”da 18—20-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik I forumi o‘tkaziladi, deb yozadi O‘zA.

17-oktabr kuni forum tafsilotlarini tezkor yoritish maqsadida “O‘zekspomarkaz”da barcha sharoitga ega matbuot markazi ish boshladi.

Xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillariga qulaylik yaratish maqsadida forumning asosiy tadbirlari matbuot markaziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi. Bundan tashqari, markaz zamonaviy kompyuterlar, printerlar va boshqa ko‘p funksiyali qurilmalar bilan jihozlangan. Yuqori tezlikdagi Wi-Fi va simli uzatish orqali Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati mavjud. Matbuot markazi hududida mobil aloqa operatorlari kartalari sotuvi va xizmat ko‘rsatish hududlari tashkil etildi.

Matbuot markazida jurnalistlarga yordam ko‘rsatish uchun axborot markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi, shuningdek, maxsus telegram boti va guruhlari ishga tushirildi. Tadbirlar davomida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga maxsus raqamlarga qo‘ng‘iroq qilib, javob olishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 22:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют