» » 18-oktabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

18-oktabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yil 18-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbarlari muntazamlik kasb etgan siyosiy muloqotning davomi sifatida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik holati yuzasidan fikr almashadi. Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish, turli sohalarda yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Tashrif kun tartibidan dolzarb xalqaro masalalar, jumladan, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayoniga ko‘maklashish masalalari ham o‘rin olgan.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida ilk bor Ta’lim forumi va “O‘zbekiston—Rossiya” hududlararo hamkorlik forumi o‘tkaziladi, shuningdek, mamlakatda atom elektr stansiyasi qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan marosim ham o‘tkaziladi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotini qabul qilish, 2019—2024-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2019—2021-yillarda madaniy-gumanitar sohada hamkorlik dasturi, O‘zbekistonda Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarining filiallarini tashkil etish va faoliyatini ta’minlash to‘g‘risidagi kelishuv, “Suffa” xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” va boshqa muhim ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Tashrif davomida, shuningdek, O‘zbekiston bilan Rossiya hududlari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida yirik investitsiya va savdo shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 21:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют