» » Jangga bir kun qolganda Elnur Abduraimovning raqibi o‘zgardi

Jangga bir kun qolganda Elnur Abduraimovning raqibi o‘zgardi


Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni hisoblangan o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov 19-oktabr kuni tongda AQShda professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazish haqida xabar berilgandi.

Elnurga prof boksdagi 2-jangida amerikalik Xose Salinas raqiblik qilish kerak edi. Ammo bokschining Instagram’da rasmiy sahifasida ma’lum qilinishicha, noma’lum sabablarga ko‘ra, Xose Salinas bu jangda ishtirok etmaydi. Abduraimovga ertangi jangda amerikalik Jovanni Gonsales raqiblik qiladigan bo‘ldi. Gonsales prof ringda 7 ta jang o‘tkazib, ularning 5 tasida g‘alaba qozongan. 2 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan.

Ma’lumot uchun, Elnur bir necha kun oldin prof ringdagi debyutini nishonlagan va jangda amerikalik Aron Hollinsni nokautga uchratgandi.

Eslatib o‘tamiz, jangga AQShning Kaliforniya shtati Indio shahridagi Fantasy Springs Casino arenasi mezbonlik qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 19:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют